Yaponiyaning Honda kompaniyasi Daido Steel metallurgiya konserni bilan hamkorlikda yangi turdagi neodimli magnit işlab çiqdi. U, elektr va gibrid avtomobillarning dvigatellarida qöllaniladi.
Bu magnitlar aslida magnitlar kuçli tortiş kuçiga ega bölib, asosan nodir metallardan işlab çiqariladi. Hondaning ta'kidlaşiça, magnit tarkibidagi elementlar butun dunyo böylab notekis joylangan. Bu esa, uni işlab çiqişda birmunça qiyinçiliklarni keltirib çiqarişi mumkin.
Honda va Daido Steel mutaxassislari neodimli magnitning nodir metallarsiz turini işlab çiqişni uddalaşgan. U, issiqqa çidamliligi va samaradorligi bilan avvalgisidan qolişmaydi. Yangi mahsulot Sport Hybrid i-DCD motorida sinab köriladi. U, Honda Freedga örnatiladi.
Keyinçalik Honda mazkur texnologiyadan boşqa avtomobillarida ham foydalanişni rejalaştirmoqda.













