Özbekiston terma jamoasi hamda Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyaçisi Vitaliy Denisov klub muxlislarining töyida qatnaşib, ularga quvonç ulaşdi. «Loko» saytida «Töy generali» nomli şunday xabar çiqdi.

Denisov Inga Nikiforova hamda Ivan Kafanovning töy marosimida qatnaşgan. Klubning maşhur blogeri Ilya Varlamov bu işda taşkilotçi bölgan. U avvaliga Denisov nomidan klub kiyiniş xonasida tabriknoma yozib oldi. Keyin Denisov gul sotib olib, kelin-kuyovlarni tabriklaş uçun töyxonaga bordi.