Turkiya armiyasi harbiy xizmatçilari — davlat töntarişi tarafdorlari taslim bölib, Istanbuldagi Bosfor böğozi ustiga qurilgan köprik ustidan ketişmoqda. 

CNN Turk telekanalining voqea joyidan efirga uzatgan videolavhalarida (OAV xabarlarida 50 nafar harbiy askar haqida söz yuritilmoqda) askarlar qöllarini kötarib, safga tizilgan holda tanklar va boşqa zirhli texnikalarni tark etayotganini köriş mumkin. 

Avvalroq, Bosfor böğozi xavfsizlik nuqtai-nazaridan tankerlar uçun yopilgani e'lon qilingan edi. Köprikni esa, harbiylar davlat töntarişiga uriniş çoğida egallab olişgandi. 

OAV xabarlariga köra, askarlar töntarişga qarşi namoyişga çiqib, Bosfor köprigidan ötmoqçi bölganlarni öqqa tutgan.