Ötgan mavsum yakunlariga köra, APLning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan «Lester» yarim himoyaçisi Riyoz Mahrez «Barselona»ga ötişi mumkin.
El Mundo Deportivo naşri ma'lumotiga köra, kataloniyaliklar klubi uşbu 25 yoşli jazoirlik futbolçi uçun kuraşda yetakçilik qilmoqda. Futbolçining özi 2019 yilgaça tuzilgan şartnomasini uzaytirişdan boş tortgan.
«Lester» Mahrezga yiliga 6 million yevrodan yuqori miqdordagi maoşni taklif qilgan, lekin futbolçi rozi bölmagan. Futbolçining hozirgi maoşi haftasiga 35 ming funtni taşkil qiladi, yangi şartnomaga köra bu miqdor 80 ming funtga yetişi közda tutilgan.
Futbolçining vakillari va «Barselona» tomoni vositaçilar orqali muzokaralarni boşlagan.
Bundan oldinroq, «tulkilar» jamoasi boş murabbiyi Klaudio Raneri Mahrezning jamoada qolişiga işonç bildirgandi.
Mahrez 2014 yilning yanvarida «Gavr»dan 375 ming funt evaziga transfer qilgandi. Ötgan vaqt içida u yuqori saviyalik futbolçiga aylandi va endi öz omadini «King Pauer»dan taşqarida sinab körmoqçi.
Mahrezga «Arsenal» tomonidan jiddiy qiziqiş borligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Manba: Tribuna.uz







