Bu yil Amerikaning Boeing korporatsiyasi yuz yilligini nişonlaydi. Tadbirkor Uilyam Boing 1916-yil 15-iyulda AQŞning Sietl şahrida Pacific Aero Products kompaniyasiga asos solgan edi. Bundan 1 oy muqaddam, u va dengiz muhandisi Jorj Uestervelt hamkorligida işlab çiqilgan Model 1 havoga kötarilgandi. Ikkinçi jahon uruş avvalida, Boeing kompaniyasi AQŞ strategik aviatsiyasining asosiy yetkazuvçisiga aylanib ulgurdi. Hozirgi vaqtda Boeing — McDonnel Douglas, North American, Rockwell, Convair kabi bir qator raqobatçi firmalarni öz tarkibiga olgan yirik, keng qamrovli aviasozlik korporatsiyasidir. U, fuqarolik havo laynerlari, qiruvçilar, transport va maxsus samolyotlar işlab çiqaradi. Quyida e'tiboringizga korporatsiya tomonidan işlab çiqilgan eng maşhur mahsulotlar xususida ma'lumot berişga harakat qildik. 


1.  Bölğusi megakorporatsiyaning ilk samolyoti 

Model 1 — bir motorli öquv suzuvçi biplanidir. Ba'zan B&W Seaplane deb ataladigan havo maşinasi Sietlda, firmaning rasmiy taşkil etilişidan bir oy avval, 1916-yil 15-iyunda barpo etilgan edi. Umuman, bu samolyotdan atigi 2 dona işlab çiqarilgan, Amerika havo floti ularni qabul qilişni rad etdi, biroq, Yangi Zelandiyaning uçuvçilik maktabi havo kemasiga qiziqiş bildirdi. Şu bilan Boeing özining ilk eksport buyurtmasiga ega böldi. 


2.  «Uçuvçi qal'a»

Firmaning birinçi tomma'nodagi yirik loyihasi. Oğir, törtmotorli bombardimonçi samolyot 1938-yili Qurolli kuçlar tarkibiga qabul qilingan bölib, Ikkinçi jahon uruşining timsollaridan biri hisoblanadi. 1945-yilgaça bu samolyotdan salkam 12,7 ming dona işlab çiqildi. Suratda, bugungi kungaça saqlanib qolgan B-17 namunalaridan birini köriş mumkin. 

3.  «Superqal'a»

Bu maşina strategik aviatsiya uçun maxsus işlab çiqilgan havo layneri hisoblanadi. Undan 1943-46-yillarda jami 4 mingga yaqin işlab çiqarilgan. Bu turdagi samolyotlar, Tinç okeanidagi jangovar harakatlarda keng qöllanilgan. Xususan, ayni şu samolyotlar yordamida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki şaharlariga atom bombalari taşlangan edi. Suratda, şu turdagi bombardimonçi samolyotning yagona saqlanib qolgan namunasi aks etgan.