Bugun ertalab Yerevanda politsiya patrul-post xizmati polkini egallab olgan guruh garovdagilardan birini qöyib yuborgan. Bu haqda mahalliy naşrlardan biri NEWS.am xabar tarqatdi.
Endilikda garovda 5 kişi qolmoqda. Ular orasida Armaniston politsiyasi rahbari örinbosari Vardan Yegiazaryan hamda Yerevan politsiyasi boşliği örinbosari Valeriy Osipyan ham bor.
17 iyul kuni tongida, mahalliy vaqt bilan soat 04:00da muxolifatdagi radikallarning avtomat va pistoletlar bilan qurollangan 30 kişilik guruhi politsiya patrul-post xizmati polki darvozasini buzib kirib, binoni egallab oldi hamda uning içidagi xizmatçilarni garovga oldi. Hujum vaqtida polk boşliği örinbosari, polkovnik Artur Vanoyan halok bölgan va 4 kişi jarohatlangan.
Qurolli guruh muxolif siyosatçi, «Yangi Armaniston» jamoat qutqaruv jabhasi yetakçisi Jirayr Sefilyanni hibsdan ozod etişni hamda hukumat iste'fosini talab qildi. Sefilyan 26 iyun kuni hibs qilingandi. Tergov davomida u öz tarafdorlari bilan Yerevandagi telekommunikatsiya binolari, xususan teleminorani qölga olişni rejalaştirgani ma'lum bölgan.
Bundan oldinroq, Armanistonda uşbu hujumga aloqadorligi gumon qilinib, muxolifatdagi «Ta'sis parlamenti» partiyasi tarafdorlaridan 200 nafari qölga olingani, tergovlardan keyin ularning 50 nafari qöyib yuborilgani haqida xabar berilgandi.






