Rio-de-Janeyro sudi 12 oy içida uçinçi marta aloqa operatorlariga butun mamlakat böylab WhatsApp messenjerini tösib qöyişni buyurdi. Bu haqda The Next Web Braziliyaning Globo.com portaliga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Avvalgi ikki vaziyatdagi (2015 yil dekabr va 2016 yil may) kabi messenjerga kirişni çeklaş messenjer rahbariyatining hukumatga narkosavdo işi böyiça ötayotgan foydalanuvçilar haqida ma'lumot berişdan boş tortişi bilan boğlangan.
Naşr avvalgi gallardagi kabi taqiqlov bir neça kundan keyin bekor qilinişini taxmin qilmoqda. Biroq WhatsApp’ning uzoq vaqt işlamasligi Braziliyaga Olimpiadaga keladigan foydalanuvçilarga ta'sir qilişi mumkin.
Bundan taşqari, sud WhatsApp’ga egalik qiladigan Facebook kompaniyasiga axborotni taqdim qiliş qarorini bajarmagunça hukumatga kuniga 50 ming dollardan jarima tölaş majburiyatini qöydi. Braziliya huquq-tartibot muassasalari messenjerdan foydalanuvçi ikki gumonlanuvçining muzokaralari haqida ma'lumot olmoqçi. Politsiya muzokara mazmuni yordamida Braziliya, Boliviya, Paragvay va Ispaniyada harakat qiluvçi narkosavdogarlar guruhi iziga tuşmoqçi.
Avvalroq Braziliyadagi Londrina şahri federal sudi Facebook kompaniyasi hisob raqamlaridagi 19,5 mln realni (6 mln dollarni) tösiş haqida qaror çiqargandi.







