Joriy yilda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani hududida ekopark qurilişi töğrisida hukumat qarori qabul qilindi. Bu loyiha Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasi “Pengsheng” MÇJ hamkorligida amalga oşiriladi.

Rejaga zamonaviy tipdagi futbol öyingohi, tennis korti, suziş havzasi qurilişi kiritilgan bölib, bugungi kunda oçiq turdagi suziş havzasi va futbol öyingohi qurilişi yakunlandi. Bu haqda “Peng-Şeng” qöşma korxonasi boşlanğiç kasaba taşkiloti rahbari Ğafur Turdiqulov ma'lum qilgan.

Tumanda joylaşgan “Pengsheng” MÇJ Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi birinçi eng yirik loyihalaridan hisoblanib, uşbu loyiha ikki mamlakat özaro kelişuvi asosida yuzaga kelgan.

Korxonaning qurilişiga 2009 yili asos solingan bölib, uning muassisligida tumanda yana 8ta ixtisoslaştirilgan mas'uliyati çeklangan jamiyati şaklidagi qöşma korxonalar taşkil etilgan. Ularning barçasi “Peng-Şeng” qöşma korxonasi rahbariyati boşçiligida markazlaşgan holda boşqariladi. 

Bugungi kunda uşbu korxonada keramika kafellari, Mobil UZTE qöl telefonlari, Ayollar va erkaklar oyoq kiyimlari, uy jonivorlari va quşlar uçun ozuqa, santexnika kranlari, şuningdek, teri mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Mahsulotlar nafaqat Özbekiston içki bozorlariga, balki eksportga ham yönaltirilmoqda. 

“Pengsheng” kompleksida bugun 1200dan ortiq yigit- qizlar mehnat qilişmoqda. Işçi xizmatçilarimizning asosini yoşlar taşkil qiladi. 

Bunyodkorlik kölami keng bölib, ekopark hududida 500 örinli amfiteatr, turli tipdagi atraktsion qurilmalari, şuningdek, aholiga maişiy xizmat binolari, ovqatlaniş majmualari, savdo dökonlari işga tuşişi belgilangan.

Kişiga xuş kayfiyat beradigan quriliş işlari hozirda jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Yangi ekopark taşrif buyuruvçilarga ekologik musaffolik, madaniy hordiq beriş bilan birga maroqli sport maşğulotlari taşkil etiş imkoniyatini ham hadya qilişi közda tutilgan.