OurMine xakerlik guruhi Sony Worldwide Studios prezidenti Şuxey Yoşidaning tvitter-akkauntiga kira oldi.

Yoşida öz akkauntiga qayta olişi uçun xakerlar unga taklif qilingan havola böyiça ötişni yoki ular bilan elektron poçta orqali boğlanişni taklif qilişgan. 

Yoşida hozirça bunga javob bermagan, xakerlarning xabari esa uning tvitterida turibdi.

Avvalroq uşbu xakerlik guruhi Quora savol-javoblar servisida Google boş direktori Sundar Piçayning akkauntiga kira olgandi. Bundan taşqari, firibgarlar Facebook rahbari Mark Tsukerbergning Instagram, Twitter, LinkedIn va Pinterest ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlarini buza olganlar.