Sankt-Peterburgning " Zenit" klubi futbolçilari Rossiya Superkubogi uçun uçraşuvda "TsSKA"ni yutib, 4-marotaba uşbu unvon sohibi böldilar. 

Moskvadagi "Lokomotiv" stadionida 23 iyulda ötgan uçraşuv 1:0 hisobi bilan yakunlandi. Ğalaba töpini 22-daqiqada yarim himoyaçi Joze Maurisio kiritdi.

Bu unvon "Zenit"ning yangi boş murabbiyi, ruminiyalik Mirçi Luçesku uçun klub bilan qölga kiritgan birinçi unvon böldi.  

Eslatib ötamiz, "TsSKA" uşbu unvonning 6 karra sohibi hisoblanadi.