Belgiyalik olimlar DNK-tahlili yordamida 1934 yil 17 fevraldagi baxtsiz hodisada aynan qirol Albert I qurbon bölganini isbotlaşdi.
Şu paytga qadar, Belgiya qiroli Albert I ning ölimi bilan boğliq turli xil miş-mişlar hamon davom etadi. Belgiyaning Leven universiteti irsiyotçi mutaxassisi Martin Larmyuso va uning hamkasblari bu masalaga oydinlik kiritiş va uzil-kesil barham beriş maqsadida, 1934 yilgi voqea joyidan topilgan qon qoldiqlarining DNK namunasini uning uzoq qarindoşlari: bugungi kundagi tirik qirol Simeon II va nemis baronessasi Anna-Mariya Frayfrau fon Xaksxauzen DNK namunalari bilan soliştirişgan.
Tahlil, qon aynan Albert Iga tegişli ekanini tasdiqladi. Biroq, bu xulosa, qirol ölimiga oid turli töqima nazariyalarga mos kelmaydi. Çunki, ularda qirolning ölimiga heç kim guvoh bölmagani aytiladi.
Turli xil ma'lumotlarga köra, qirol siyosiy suiqasd qurboni bölgan. Ayrimlar, uning boşqa joyda öldirilganini ta'kidlaşadi. Göyoki uning jasadi Marche-les-Damesda topilmagan. Şu bilan birga, bu kabi taxmin va nazariyalar öz tasdiğini topmagan va ularning birontasini tasdiqlovçi dalil ham mavjud emas.







