25 iyul kuni Afrikaning Tunis davlati Respublika deb e'lon qilinişining 59 yilligini tantana qilmoqda. 1957 yili Milliy ta'sis majlisi monarxiyaga barham berib, bey Muhammad VIII al-Aminni hokimiyatdan çetlaştirgan va Tunis respublikasi taşkil etilganini e'lon qilgan edi.
Öşa yilning 25 iyulida mamlakatning birinçi prezidenti Habib Burgiba umumhalq saylovida davlat rahbari lavozimini egallagandi. Şundan beri, 25 iyul mamlakat tarixida öziga xos ahamiyat kasb etib keladi.
Tunis poytaxtining barça köçalari mamlakat milliy bayroği tusida bayramona bezatildi. Mamlakat prezidenti Beji Kaid as-Sebsi respublika fuqarolariga murojaat qilişi kutilayapti. Respublikaning barça hududlarida tantanali mitinglar va manifestatsiyalar ötkaziş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, siyosatçi va iqtisodçilarning mamlakatni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama etuvçi davra suhbatlari taşkil etiladi.







