"Belneftexim" belarus kompaniyasi smartfon uçun qurilma ortidan kuzatişga tösqinlik qiluvçi ğilofni taqdim qildi. Bu haqda konsern saytida ma'lum qilindi. 

Ğilof "Belneftexim" tarkibiga kiruvçi "SvetlogorskXimvolokno" korxonasi tomonidan yaratilib, 2016 yil mayida namoyiş qilingan. Korxona ayni vaqtda öz ixtirosi uçun patent olmoqda. Kompaniyada patent oliş uçun ariza 2015 yilda berilgani va ekspertiza jarayonidan ötayotgani ma'lum qilindi. Korxona patentni 2017 yilda olişni kutmoqda.  

Smartfon uçun himoya ğilofi viskoza asosidagi uglerod materialidan tayyorlangan. Material keng çastotalar diapazonidagi (0,15 dan 1000 MGts) elektrmagnit nurlanişni qaytariş imkoniga ega. Şu tariqa, ğilofdagi telefonni GSM va GPS signali orqali topib bölmaydi.

Snoudenning ixtirosidan farqli ravişda, belarus korxonasi ğilofi çöntak körinişida işlangan. Sobiq josus Snoudenning ğilofi esa qurilmaning orqa qopqoğiga mahkamlanib, SIM-karta sloti orqali ulanadi.