Turkiyada Diniy işlar idorasining kamida 620 nafar xodimi davlat töntarişiga urinişga aloqadorlikda gumon qilinib, işdan olingan. Bu haqda TNT xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinişiça, bu kişilar Fathulloh Gulenga aloqadorligi aniqlangan. Bundan oldinroq, idoraning xorijdagi 492 nafar xodimi lavozimidan çetlatilgandi va endi işdan ayrilgan ulamolar soni 1112 nafarni taşkil qilmoqda.

16 iyulga ötar keçasi Turkiyaning Anqara va Istanbul şaharlarida harbiylar davlat töntarişiga urinişni amalga oşirişdi. 16 iyul tongida isyon bostirildi.

Tartibsizliklar vaqtida tinç aholi vakillaridan 246 kişi halok bölgan va 2 mingdan ortiq kişi jarohatlangan. Halok bölgan va jarohatlangan isyonçilarning hisobi keltirilmagan.