Xabaringiz bor, kunçiqar yurt dunyo miqyosida uzoq umr keçiruvçilar ölkasi sifatida e'tirof etiladi. Sizlarga ma'lumki, ayni paytda bir asrni qarşilagan yaponiyaliklar soni 20 ming nafardan oşib ketgan. Bundan 40 yil muqaddam yuz yoşdan oşgan odamlar soni bor-yöği yuztani taşkil etgan. Yaqin yillar içida bir asrlik dovondan ötganlar safi 30 mingga yetişi kutilmoqda.
Uzoq umr keçiriş uçun, birinçi navbatda, parhezga rioya qiliş kerak ekan. Ayni paytda 60 va undan yuqori bölgan kişilar öşa paytda kamroq taom iste'mol qilişgan. Hozir ham ularning aksariyati ozroq ovqat yeyişga intilişadi. Ovqat kalloriyasini kamaytiriş hisobiga xolesterin ham ança kamayadi. Şu sababli yaponlarning köpçiligi ortiqça vazndan xolos bölgan. Semiriş kasalligi yurakka özining salbiy ta'sirini körsatadi. Hozir ham Yaponiyada 80 yoşdan oşgan fuqarolarning aksariyati vokzal va aeroportlardagi eskalatorlardan foydalanmaydi.
Mamlakatda yangi qariyalar harakati taşkiloti tuzilgan bölib, unga 75 yoşdan yuqori bölganlar a'zo bölişlari mumkin. Yaponiya markazidagi Nagan prefekturasi özining uzoq umr keçiruvçilari bilan dong taratgan. Saku şahri misolida oladigan bölsak, mahalliy rasmiylar bu hududni salomatlik va boqiy umr keçiruvçilar şahri deb e'lon qildi. Bejizga bu yerda keksalar uçun turli ijtimoiy dasturlar işlab çiqilmagan. Şahar rahbariyati aholidan iloji boriça kamroq tuz iste'mol qiliş va uy-joylarini haddan ziyod isitib yubormaslikka da'vat etmoqda. Şahar dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylaşgan bölib, uning markazidan Tikuma daryosi oqib ötadi. Asama toği ham körinib turadi. Bu qişloq özining tabiy gözalligi bilan barçani öziga rom etmoqda. Qişda 15 daraja sovuq, yozda boşqa hududlarga nisbatan ança salqinroqdir. Ötgan asrning 60-yillarigaça Saku insultga çaliniş böyiça Yaponiyada eng yuqori örinni egallab kelgan. Bu birinçidan qahraton sovuq va me'yoridan ortiq tuz iste'mol qilişdandir, deb aytişadi şifokorlar.

1971 yilda Saku şahri hokimligi mahalliy fuqarolarga soğlomlaştiriş böyiça maslahat tizimini taqdim etdi. Unga köra, har bir oila ikki yil muddatga soğlom turmuş tarzini tarkib toptiriş maqsadida maxsus maslahatçilarni yolladi. Endi esa qişloqda vaziyat batamom özgardi. Miyaga qon quyiliş oqibatida ölim holatlaridan asar ham qolmadi. Sakuda yaşovçi Itikava Teko 85 yoşga kirib qoldi. Uning kantselyariya tovarlari va idora jihozlarini sotiş bilan şuğullanuvçi kiçkinagina dökoni ham bölgan. Keksaligiga qaramasdan, bu ayol har kuni 8 soatdan kassa apparati yonidan jilmaydi. Xotirasi ham kuçli bölib, peştaxtadagi har bir buyumning nomini yoddan biladi. Onaxon har kuni ertalab 7 da turib vanna qabul qiladi. Tomorqasida işlaydi, mahalliy suv havzasida kapalak, ya'ni batterflyay usulda suzişni juda yoqtiradi. Işxonasigaça maşinasini özi boşqarib boradi. Xaftalik jadvali rang-barang qilib tuzilganki, barça yumuşlarni bajarişga ulgaradi. Kalligrafiya, Jaz raqsi, teri hunarmandçiligi va karaoke deysizmi, barçasini qoyilmaqom qilib bajaradi. Uyiga keç soat 21 dan söng kirib keladi. Tuş paytida ozginagina meva, sut mahsulotlari, keçqurun esa yana sabzavot va baliq iste'mol qiladi. Şundan söng ikkinçi vannani qabul qilib, yoziş-çiziş bilan maşğul böladi.
Dunyoning qaysi hududida kimlar uzoq umr keçiradi, degan haqli savol tuğilişi tabiiy. Haqiqatan ham ular qayerda istiqomat qilişadi? Taniqli yozuvçi va olim Den Byuttner bu sohada uzoq ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Unga köra, Yaponiyaning Okinava, Italiyaning Sardiniya, Gretsiyaning Ikariya, AQŞning Loma Linda va Kosta-Rikaning Nikoya yarim oroli va orollarida uzoq umr keçiruvçilar makon topgan. Okinavadagi 900 ta qişloqda 1 millionga yaqin aholi yaşar ekan. Ayollar köpçilikni taşkil etadi. Buyuk Britaniya va AQŞ bilan soliştiradigan bölsak, ular soni 4 hissaga köp. Yana bir qiziq ma'lumot, Okinava aholisi özini parhez bilan qiynab ötirişmaydi. Köngli nimani tusasa, şuni iste'mol qilaverişadi. Kuniga yeyiladigan taom 1 ming 200 kalloriyani taşkil etadi. Ğarbdagilar esa ulardan 20 foizga kamroq ovqat tanovul qilişadi. 80-90 yoşli orollik yaponlar öz tengdoşlariga qaraganda, 30 yoşga yoş körinişadi. Ular kuniga kam-kam ovqat yeyişadi. Köproq meva va sabzavotlarga e'tibor qaratişadi.
Taomnoma sirlaridan biri bu soya va tofu, sabzavotlar, boy antioksidantlardan iboratdir. Şarhimiz söngida dunyo mamlakatlaridagi örtaça umr keçiriş darajasi xususida töxtalsak. Yaponiyada erkaklar 80, ayollar 85, Şvetsiyada erkaklar 77 yarim, ayollar 82 yarim, Ispaniyada esa ayollar 80, erkaklar 82 yildan umr keçirmoqda. Kanada, Şveytsariya, Fransiya, Norvegiya va Belgiyada ham bu körsatkiç juda yuqoridir.
Azimjon Pölatov







