Qaşqadaryo viloyati hokimining Qaroriga asosan Şahrisabz tumaniga yangi hokim tayinlandi.
"Özbekiston Respublikasi Davlat raqobat qömitasida huzuridagi Davlat aktivlarini boşqariş markazi Boş direktori Nusurov Ismat Nusratoviç Şahrisabz tumanining yangi hokimi etib tayinlandi", deyilgan qömita matbuot xizmati xabarida.
1969 yili Qarşi şahrida tuğilgan Nusurov Ismat uzoq yillar davomida Davlat Raqobat qömitasining turli bölinmalarida rahbar lavozimlarida samarali faoliyat körsatib kelgan.
U Toşkent Iqtisodiyot universiteti hamda Özbekiston bank-moliya akademiyasi bitiruvçisi hisoblanadi.
Şahrisabz tumanida 2012 yildan bugunga qadar Faxriddin Norov hokimlik qilib kelayotgandi.






