Putinning vakili Oq uyda

5-noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriev bilan yopiq eşiklar ortida uçraşdi. Reuters’ning yozişiça, Tramp suhbat mazmunini oşkor qilmadi, biroq yaqin orada kelişuvga erişilişi mumkinligini aytdi. U Ukraina delegatsiyasi bilan uçraşmagan.

«Bu katta kelişuv böladi va u Ukrainadan köproğini qamrab oladi... Hatto butun Yevropani qamrab olişi mumkin», dedi Tramp jurnalistlarga. 10–11-noyabr kunlari Abu-Dabida AQŞ vositaçiligida Rossiya va Ukraina vakillari örtasida muzokaralar bölişi rejalaştirilgan.

Dmitriev Oq uyga AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp taşkil etgan tadbir uçun kelgandi. Tadbir Rossiya nazoratidagi Oleşki şahrida eʼlon qilingan olti kunlik öt oçişni töxtatişga bağişlandi. Melaniya Tramp sözlariga köra, qisqa muddatda şahardan 800 ga yaqin kişi evakuatsiya qilingan. Tadbirda Melaniya Putin va Zelenskiyga atalgan maktublarni ularning vakillariga topşirdi.

Şu kuni Trampning vakili Jared Kuşner ham Bryusselda muzokaralar ötkazdi. Unda NATO va yevropalik hamkorlar bilan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari va Yevropa xavfsizligi tizimi muhokama qilingan.

Bu 3-noyabrdagi oraliq saylovlardan keyin rossiyalik va amerikalik rasmiylar örtasidagi ilk yuzma-yuz muloqot böldi. Yanvardan işlay boşlaydigan yangi Kongress Ukrainaga yordamni köpaytirişga intilişi kutilmoqda.

Kreml Tramp respublikaçilar mağlubiyatiga qaramay tinçlik saʼy-harakatlarini davom ettirişidan umidvor ekanini bildirgan.

Yevropadagi yolğon tahdidlar

5-noyabr kuni Yevropada yölovçi samolyotlariga bomba qöyilgani haqidagi yolğon tahdidlar sabab qariyb 30 ta reys izdan çiqdi. Ayrim samolyotlar rejadan taşqari qönişga majbur böldi, baʼzilarini esa qiruvçi samolyotlar kuzatib bordi.

Eng jiddiy holat Fransiyada kuzatildi. Dublindan Rimga uçayotgan Aer Lingus samolyotining uçuvçisi hokimiyat bilan kutilganidek hamkorlik qilmadi. Şundan söng Fransiya boş vaziri qiruvçi samolyotlar yuborib, laynerni Evryodagi harbiy aviabazaga qöndirişni buyurdi. Bolgariya harbiy havo kuçlari esa uçta yölovçi samolyotini yerga qöngunça kuzatib bordi. Madrid, Varşava va Kopengagenda ham samolyotlar töxtatilib, tekşiruvdan ötkazildi.

Italiyada esa ikki aeroportga tahdid haqida elektron xat kelgan: mualliflar Xelsinki va Dublindan kelayotgan samolyotlarga portlovçi moslama qöyilganini va ular 60 daqiqada portlaşini yozgan.