Eramizdan avvalgi 356 yilda Gretsiyaning Efes (hozirgi Turkiya hududlarida) şahrida Gerostrat degan odam öz nomini tarixda qoldirmoq maqsadida öşa vaqtdagi dunyoning yetti mö'jizasidan uçinçisi bölmiş ma'buda Artemida ibodatxonasiga öt qöyadi. Tarixçilarning yozişiça, u söroq vaqtida avlodlar öz nomini eslaşlari uçun bu işni qilganini tan oladi.
Gerostrat yoşlik çoğidanoq şuhrat qozonişni xohlardi. U bu orzusiga asta-sekinlik bilan emas, balki bir zumda yetişişni istab qoldi. Şahar ahli Gerostratni ölimga mahkum qilişadi va bu nomni aslo tilga olmaslikka qaror qilişadi. Ammo qadimiy yunon tarixçisi Feopomp Gerostratning yovuzligi haqida yozib qoldirgani uçun bu nom qabihlik, şuhratparastlik, şarmandalik namunasi sifatida tilga olinadi. Bugungi kunda insoniyat yaratgan bunyodkorliklarni vayron qiliş bilan şuğullanayotganlarni ham bemalol Gerostrat avlodlari deb ataş mumkin. Çunki Gerostrat tarixdagi birinçi va şu bilan birga, oxirgi Gerostrat emasligi aniq.
Mosul – Iroqning madaniy jihatdan eng boy, diniy jihatdan eng rang-barang şaharlaridan. Ammo avvaliga özini “Iroq va Şom Islom Davlati”, keyinroq esa “Islom davlati” deb atagan terror taşkiloti Mosulni öz poytaxti deb e'lon qilganidan beri, u yerdagi bebaho madaniy meros jiddiy xavf ostida qoldi. Jangarilar Mosuldagi markaziy kutubxonani portlatib yubordi va öt qöydi. Jahondagi eng qadimiy deb aytilayotgan kutubxona hovlisida kitob va qölyozmalarni yoqib, gulxan yasaşdi. Umumiy hisobda madaniyat, falsafa va tarixga oid 10 ming tom kitob yöq qilindi. Ular orasida yuzlab manuskriptlar bor edi. Jangarilar Mosul muzeyidagi durdonalar – minglab yillar davomida közni quvontirib turgan bebaho san'at asarlarini bir neça daqiqa içida yer bilan yakson qildi. Jahon telekanallarida jangarilar Mosul muzeyidagi haykallarni buzayotgani tasvirlanadi. Mutaxassilarning fikriça, bularni körgandan keyin tuşkunlikka tuşmay bölmaydi. Çunki buzib taşlangan haykallardan biri 2500 yoşda edi.
Terrorçilar Mosuldan 40 kilometr uzoqlikda joylaşgan qadimiy ossuriyaliklarning Nimrud şahrini yer bilan yakson qilişdi. Terrorçilar Yunus payğambarning qabri va masjidini ham buzib taşlaşdi. Buning uçun jangarilar buldozerlardan foydalanişdi.
Olimlarning sözlariga qaraganda, insoniyatning bebaho madaniy boyligi bölmiş qadimiy qal'a va ibodatxonalarning qoldiqlari abadul-abad yöqotildi. Nimrud Ossuriylar davrining durdonasi hisoblanadi va Frot hamda Dajla daryolarining örtasida uç ming yil oldin vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi uçinçi asrdan beri maşhur bölgan va Parfiya imperiyasi tarkibiga kirgan Xatra şahri ham yer yuzidan supurib taşlandi. Ungaça jangarilar Sargon Ikkinçi saroyi bilan maşhur bölmiş qadimiy Dur-Şarrukin şahrini yer bilan tekislab taşlagan edi. Qadimiy Dur-Şarrukin vayronalarida 19-asrda fransuz arxeologlari tomonidan boşlangan qazişma işlari assiriologiya faniga asos solgan edi. Aşşur va Samara arxeologik şaharlari ham YuNeSKOning jahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan. Ular Iroqdagi muhim obektlardir.






