Britaniyaning Keating işlab çiqaruvçisi Berus nomli yangi superkari ustida iş olib bormoqda. Kupe ikki xil: benzinli va elektromotorli namunada taqdim etiladi, deb xabar qilmoqda Autocar.

Benzinda harakatlanadigan rusumiga 650 ot kuçidan köproq quvvatga ega V8 motori joylaştiriladi. Bu dvigatel yordamida maşina tezligini 2,4 soniyada soatiga noldan 100 kmga çiqara oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 370 kmni taşkil etadi. 

Elektrli «Berus»ning motori 405 ot kuçiga teng. Ammo, uning eng yuqori tezligi va “yuz”ga çiqiş vaqtiga oydinlik kiritilmagan. 

Keating Berus taqdimoti 2017 yilning aprelida Monakodagi Top Marques körgazmasida taşkil etiladi. U, kompaniyaning TKR, SKR, ZKR va The Bolt superkarlaridan keyingi beşinçi modelidir.