Işxonada özingizni yaxşi his qilişingiz va u yerdagi vazifalaringizni munosib uddalaşingiz uçun köp narsa talab qilinmaydi: buning uçun jismoniy va ruhiy qulaylik haqida unutmaslik lozim.
1. Qilayotgan işingni sev
Nima uçun ba'zilar qilayotgan işlaridan rohat olişadi, ba'zilar esa yöq? Olimlar şu savolga javob izlab, katta hajmdagi ma'lumotlarni öz içiga olgan labaratoriya tadqiqotlari ötkazişdi va töplangan ma'lumotlar asosida iş haftasida yordam beruvçi quyidagi muhim xulosalarga kelişdi.
Natijalarga eriş
Harvard biznes-maktabi professori Tereza Amabile va ruhşunos Stiven Kramer yirik kompaniyalarning 238 nafar işçisidan 12 000 kundalikni töplab, ularning mukammal iş kuni nimalarni öz içiga olişini tuşunib yetişga haqarakat qilişdi. Ular qanday natijalarga erişişdi? Eng katta motivator “ma'lum bir işda taraqqiyotga erişiş” bölib çiqdi. Xodimlar biror bir işda muvaffaqiyatga erişgan kun (xoh ta'mirlaş işlari, xoh tikiş-biçiş, xoh yirik bitimlar tuzganda – farqi yöq) – ularning motivatsiyasi va faolligi keskin kötarilganligi ma'lum böldi.
Xulosa: Öz faoliyatingga qanday baho berişing sening oldinga intilişingga va yutuqlaringdan quvonişingga boğliq.
Özing bajar
Işdagi majburiyatlaring haqida öylab kör. Tadqiqotlar natijasi şuni körsatdiki, işidan mamnun böladigan insonlar rahbariyat tomonidan buyruq berilişini kutib ötirmay, işlarni mustaqil bajarişadi hamda özlarining kuçli tomonlarini namoyon qilişadi.
Döst orttir
Ma'lumotlarga köra, işxonada döstlari köp bölgan kişilar öz majburiyatlarini bajarişga yetti barobar kuçli intilişadi. Iş – bu majburiyat. Şu bilan birga muloqot hamdir. Şu bois imkon qadar atrofingda 2-3 nafar işonçli dösting bölsin. Ular tufayli sen bajarayotgan işingdan yanada köp qoniqiş hosil qilişing mumkin.
Özgar
Tadqiqotning asosiy xulosasi şunday: yoqtirmagan işingni qilma. Köp yillarni özingga yoqmagan işda ötkaziş – fojiaviy xato va keyingi puşaymonlarga olib keluvçi yöldir. Agar biror sohaga qiziqib, boşqa sohada işlasang, bundan ijobiy natija çiqişi amri mahol. Şu bois vaqt borida yoqmagan işni yoqadigan işga özgartir.










