Facebook ijtimoiy tarmoğidagi «Voditeli Taşkenta» guruhi a'zolari Toşkent şahridagi sobiq Frunze savdo markazi çorrahasida 28 iyuldan 29 iyulga ötar keçasi yirik yöl transporti hodisasi yuz bergani haqida xabar berişdi.
Guvohlarning sözlariga qaraganda, katta tezlikda yelib borayotgan Spark avtomobili qizil çiroqdan ötib ketib, Cobalt avtomobiliga borib urilgan. Natijada, portlaşni eslatuvçi ovoz eşitilgan va Spark ağdarilib ketgan.
Bir neça guvohning tasdiqlaşiça, “Spark”dagi 3 yölovçi halok bölgan, haydovçi oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgan. “Kobalt”ning haydovçisi va 2 yölovçisi omon qolgan.










