2016-yilning 3-avgust kuni Vaşingtonda AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyoning beş respublikasi taşqi işlar vazirlari bilan uçraşuv ötkazadi.

OAV ma'lumotlariga köra, mazkur uçraşuv C5+1 formatida ötadi. Mazkur format 2015-yilning sentabr oyida AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo respublikalari taşqi işlar vazirlari bilan Nyu-Yorkda uçraşgan edi. Şundan söng, noyabr oyida AQŞ va Markaziy Osiyoning beş davlati: Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirlari Samarqandda uçraşuv ötkazib, Samarqand deklaratsiyasini qabul qilişdi.

Vaşingtonda ötkaziladigan navbatdagi uçraşuv ötgan yilning noyabr oyida Samarqandda boşlangan muzokaralarning uzviy davomi böladi.