
AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Kolorado-Springs şahridagi mehmonxonalardan birining liftida qamalib qoldi. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilişiça, voqea 29 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 13.30 da yuz bergan.
Milliarderdan taşqari, The Mining Exchange A Wyndham Grand Hotel & Spa mehmonxonasi liftida yana 4 kişi bölgan. Şahar öt öçiriş qismi xodimlari liftda qamalib qolganlarni çiqarib oliş uçun lift şipidagi lyukni oçib, içkariga narvon tuşirişgan. Qamalib qolganlar u orqali 2-qavatga kötarilib olişgan. Heç kim jabrlanmagan.
The Denver Post ma'lumotlariga köra, Tramp liftda 30 daqiqa qolib ketgan va oqibatda öz çiqişiga keç qolgan.






