«Şalke» jamoasi yarim himoyaçisi Leroy Sane «Mançester Siti» safiga ötdi.
Bild ma'lumotiga köra, Germaniya terma jamoasining 20 yoşli futbolçisi inglizlar jamoasi bilan yiliga 6 million yevro maoş tölaşni nazarda tutuvçi 4 yillik şartnoma tuzgan.
«Siti» Sane uçun gilzenkirxenliklar jamoasiga 49 million yevro tölaydi va qöşimça bonuslar sifatida 6 million yevro va'da qiladi.
Şu tariqa, Sanening transferi Germaniya futboli tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylandi.

«Şalke» sport direktori Kristian Xaydel bu ma'lumotni tasdiqlagan.
«Biz «Siti» bilan kelişuvga erişdik. Sane tibbiy körikdan ötdi. «Siti» bilan şartnoma tafsilotlari haqida keyinroq ma'lum qilinadi», – degan Xaydel.
Manba: Tribuna.uz






