Yaponiya boş vaziri Şinzo Abe hukumat tarkibida özgarişlar amalga oşirdi.
"Kiodo" naşri xabariga köra, Taşqi işlar vaziri Fumido Kisudu öz örnida qolgan.
Liberal-Demokratik partiya vakili Tomomi Inada esa Yaponiya Mudofaa vaziri böldi. Yaponiya Mudofaa vazirligida ilk rahbar ayol bölgan Yuriko Koike (2007 yilda) yakşanba kuni Tokio meri etib saylangandi.
Moliya vaziri Taro Aso ham öz örnida qolgan.
Şuningdek, Vazirlar mahkamasi boş kotibi örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan Xirosige Seko Yaponiya Iqtisod, savdo va sanoat vaziri etib tayinlangan.







