Amerika aholisining salkam yarmi - 48 foizining fikriça, Rossiya hukumati AQŞ prezidentligi uçun saylov natijalariga ta'sir körsatişga urinmoqda. 44 foiz fuqaro esa, aksinça fikrda. CNN telekanalining ORC tadqiqot xizmati bilan birga ötkazgan ijtimoiy sörovi natijalari şuni isbotlamoqda. 

Sörov natijalariga köra, unda iştirok etganlarning 8 foizi "Siz eşitgan va körgan narsangiz asosida, Rossiya hukumati AQŞdagi saylovga ta'sir etişga urinmoqdami yoki yöqmi?" degan savolga javob bermagan. 

Hillari Klinton tarafdorlarining 60 foizi bu savolga, aralaşmoqda deya javob bergan bölsa, respublikaçi nomzod Tramp tarafdorlarining 33 foizi şunday qaraşni yoqlagan. 

Şuningdek, sörovnoma çoğida mamlakat aholisining 37 foizi “Rossiyani AQŞga döst bölmagan davlat”, deb bilişi aniqlangan. Ikki yil avval, bu raqam 52 foizdan iborat bölgan. Beş yil muqaddam esa, 28 foiz amerikalik şu fikrni himoya qilgan.