Özbek estradasi xonandasi Murod Manzur Ahmadboyga bağişlab qöşiq kuyladi. Qöşiqqa işlangan klip YouTube saytida joylaştirilgan.

Klipda osongina pul topiş, boyligini bir zumda köpaytiriş maqsadida Ahmadboyga öz maşinasini topşirgan va oxir-oqibat pand yeb qolgan qahramonning sarguzaştlari kulgu ostiga olinadi. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston hududida moliya piramidasi taşkil etgan, xalq orasida "Ahmadboy" deya nom qozongan, noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan şuğullanib kelgan Ahmadjon Tursunboyev Toşkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olindi. 

U va uning xodimlari aholidan heç qanday kafolat bermagan holda eng kamida 100 foizlik yillik ustama bilan qaytariş şarti bilan milliy va xorijiy valyutada pullarni qabul qilib olgan. Yanada aniqroği, tomonlar biror kor-hol sodir bölgan taqdirda pul topşirayotganlarning yaqinlari ularni qaytarişni talab qilmasligiga kelişgan. Qöşimça ravişda, Tursunboyev oyiga 40 foizlik ustama bilan xorijiy valyutada qarzga pul beriş bilan ham şuğullangan.