Armaniston boş prokurori Gevorg Kostanyan iste'foga çiqdi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatdi.

"Armaniston boş prokurori Gevork Kostanyan iste'fo haqida ariza yozdi. Murojaat mamlakat prezidenti Serj Sargsyan tomonidan qabul qilindi", degan boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Kristine Melkonyan.

Uning iste'fo beriş sababi aniq aytilmagan. Bunga uning soğligida muammo sabab ekani taxmin qilinmoqda.

Uning örnini kim egalaşi mumkinligi haqida ham ma'lumot yöq.

Kostanyan bu lavozimda 2013 yildan buyon faoliyat körsatib kelayotgandi.