Çimyon qişloğining Qayilma köçasida 5 nafar farzand, 30 dan ortiq nabira, 20 dan ortiq çevara-yu, evaralarning bobosi istiqomat qiladi. 

Otaxon ança tetik, gap-sözlari joyida, ötmiş voqealarni yaxşi eslaydi. U Usmon Yusupov nomli, Loğon, Katta Farğona kanallari qazilişida bevosita iştirok etgan. Uruş yillarida fidokorona mehnat qilib, front ortini mustahkamlaşga hissa qöşgan. 

Butun umrini dalalarda ötkazgan, rizq-nasibasini yer bilan tillaşib topgan tabarruk inson bilan suhbat qursangiz, u faqat şunday baxtli, dorilomon kunlarga yetkazganiga şukr qiladi. 

- Bolalarim! Mehnatdan aslo qoçmanglar. Halollikda gap köp. El-yurt oldida  işlab obro‘ topinglar. Çunki, halol luqma yegan, xalq xizmatida bölgan inson heç qaçon xor bölmaydi. Men ana şu tamoyillarga amal qilib yaşadim, doimo yaxşi niyatda umid bilan kun keçirdim. Yurtboşimiz Islom Karimovning umrlari uzoq bölsin. Çekka hududda yaşaşimga qaramasdan, öz e'tiborlarini menga qaratib ötgan yili Mustaqillik bayrami arafasida meni “Şuhrat” medali bilan taqdirladilar. Oddiy, keksa qişloq kişisiga bundan oriq baxt bölişi mumkinmi?! – deydi otaxon.