Turkiya hukumati 15 iyulda mamlakatda davlat töntarişi amalga oşirişga bölgan harakat tufayli şu vaqtgaça 74 562 kişining pasportini bekor qildi. Bundan taşqari, 26 ming kişi qölga olingan. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri Efkan Ala xabar berdi.
Anadolu agentligining xabar berişiça, ayni damda 13419 kişi sud hukmini kutib, hibsda uşlab turilibdi.
15 iyul kungi isyon vaqtida röy bergan tartibsizliklar oqibatida tinç aholi orasida 246 kişi halok böldi, 2100dan ortiq kişi jarohat oldi. Isyonçilarning yöqotişlari hisob qilinmagan. Turkiya hukumati isyon taşkilotçiligida Fathulloh Gulen va uning tarafdorlari bölgan muxolifatçilarni aybladi.







