Toşkent şahrida 2016/2017 yil kuz-qiş mavsumi oldidan gaz taqsimlaş tarmoqlarini rekonstruksiya qiliş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.  

“Toşkentgazta'minot” unitar korxonasining “Toşkentşahargaz” filialidan ma'lum qilişlariça, gaz ta'minoti tizimini ta'mirlaş va rekonstruksiya qiliş bu yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarining muhim jihatlaridan. Joriy yilda 18,4 kilometr gaz quvurini kapital ta'mirlaş rejalaştirilgan. Yer osti gaz quvurlarini ta'mirlaşda polietilen quvurlar tortişning zamonaviy «quvur içida quvur» texnologiyasidan foydalanilmoqda.

Gaz nazorati punktlari gaz ta'minoti tizimining muhim böğinlaridan biridir. Hozirgi kunda Toşkentda örta va yuqori bosimli 1,5 ming gaz nazorati punktida tekşiriş va profilaktika işlari yakunlandi. Ötgan yilning kuz-qiş mavsumida ayrim mahallalarda gaz quvurlarida bosimning pastligi bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan edi. Ularni hal qiliş maqsadida qöşimça gaz nazorati punktlari örnatiş va yangi quvurlar ötkaziş işlari bajarilmoqda. 

Aholining gaz ta'minoti böyiça şikoyatlari texnik kengaşda körib çiqilmoqda. Joriy yilda aholidan kelib tuşgan arizalar örganilib, gaz uskunalari texnik tekşiruvdan ötkazilgaç, Mirobod tumanidagi Şahrisabz va Oybek köçasidan ötadigan 1,5 kilometrlik gaz quvurini rekonstruksiya qiliş töğrisida qaror qabul qilindi.

Şahardagi gaz quvurlarining mustahkamligi va iş qobiliyatini tekşiriş işlari yakunlandi. Yer osti gaz quvurlari xizmatining zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mobil laboratoriya xizmati yordamida 870 kilometrlik gaz tarmoği tekşiruvdan ötkazildi.

Kuz-qiş mavsumiga öz vaqtida va puxta tayyorgarlik köriş poytaxtimiz gaz ta'minoti tizimining barqaror işlaşi, iste'molçilarga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib beriş kafolatidir.