Yaponiya imperatori Akixito taxtdan voz keçişga qaror qilgani munosabati bilan oldindan yozib olingan videomurojaat bilan 8 avgustda yapon xalqiga yuzlanadi, deb xabar bermoqda Yaponiya imperator saroyi boşqarmasiga iqtibos keltirgan holda NHK naşri. Telekanalning ta'kidlaşiça, imperator avvalroq yaqinlarini taxtdan voz keçiş istagidan voqif qilgandi. Taxt uning öğli şahzoda Naruxitoga topşiriladi.
Imperator saroyi boşqarmasining ma'lum qilişiça, imperatorning murojaati 10 daqiqaga yaqin davom etadi. Murojaat mahalliy vaqt bilan soat 15.00da (Toşkent vaqti bilan 9 avgust soat 11da) efirga uzatiladi. Murojaat boşqarmaning saytida ingliz va yapon tillarida ham çop etiladi.
Ta'kidlanişiça, bu imperatorning tarixdagi 2-videomurojaati böladi. U birinçi murojaatini 2011 yilda Yaponiyadagi vayronakor zilziladan keyin qilgandi.
Imperatorning murojaatidan keyin mamlakat hukumati tomonidan bunga izoh beriladi.
Yaponiyaning taxtdan voz keçgan oxirgi imperatori Kokaku bölgan edi. U öz taxtini öğliga 1817 yilda topşirgandi.







