Germaniya hukumati mamlakatda sodir etilişi mumkin bölgan terraktlardan ogohlantiriş va ularga qarşi çora köriş uçun Saudiya Arabistoniga murojaat qildi. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga asoslanib Al Arabia xabar bermoqda.
Manbada aytilişiça, Saudiya bu taklifga rozi bölgan va endi Germaniyaga terrorçilikka qarşi kuraşda yordam beradi. Bu yordamning içida Germaniyada uyuştirilişi kutilgan terraktlarni aniqlaş va şubhali kimsalarning mobil telefonlarini tekşiriş kiradi. Nemislar Saudiyaning bu boradagi tajribasini inobatga olgan holda şunday hamkorlikni ma'qul körişgan.
18 iyul kuni Germaniyadagi supermarketlardan biri yaqinida kelib çiqişi pokistonlik bölgan 17 yoşli yigit beş kişini otib öldirgan edi. Undan taşqari 24 iyul kuni 27 yoşli suriyalik Anşbaxda özini portlatib, 15 kişining jarohatlanişiga sabab bölgan.
Bavariya içki işlar vazirining ma'lum qilişiça, Anşbaxdagi xudkuş portlaşni amalga oşirişdan bir neça daqiqa oldin telefonda rahbarlaridan buyruq olgan. Şu sabab Germaniya mobil nazoratni kuçaytirmoqçi.







