Android operatsion tizimi 2016 yil 2-çoragida Hindistondagi uluşini 97,1 foizgaça oşirdi. Bu ma'lumotlar Strategy Analytics kompaniyasi tadqiqotlaridan ma'lum böldi.
Taqqoslaş uçun, 2015 yil aprel-iyunida Android mamlakat bozorining 90 foizini egallagandi.
Bu orada Apple iOS operatsion tizimining uluşi 4,5 foizdan 2,4 foizgaça qisqartirdi, qolgan operatsion tizimlarga esa bozorning 0,5 foiz uluşi töğri kelmoqda.
Hindistonda yilning 2-çoragida yetkazib berilgan Android negizidagi smartfonlar 29,8 mln donani taşkil qildi, bu bir yil avvalgi körsatkiçdan 28,4 foizga köproqdir. Apple iOS negizidigi smartfonlar yetkazib berilişi esa 33 foizga kamayib, 0,8 mln donani taşkil qilmoqda.
Apple iOS uluşi va bu operatsion tizim negizidagi smartfonlar yetkazib berilişining pasayişi ularga örnatilgan juda yuqori narxlar bilan tuşuntirilmoqda.
Hindistonga yetkazib berilgan smartfonlar soni 2-çorakda 19 foizga oşib, 30,7 mln donagaça yetdi. Strategy Analytics kompaniyasi buni Hindiston ayni vaqtda Xitoy va AQŞdan keyin dunyoda uçinçi raqamli smartfonlar bozori hisoblanişi bilan tuşuntirmoqda.







