Olimpiada musobaqalari germaniyalik gimnastikaçilar uçun kutilmagan voqealar bilan boşlandi. Germaniya çempioni Andreas Toba erkin maşq bajarişda birinçi bosqiçdayoq jarohat oldi va köngillilar yordamida gilamni tark etdi. Unga paylarga jarohat yetgan, deya taşxis qöyildi. Şunda Toba köz yoşlarini yaşira olmadi.
Gimnastlar oti ustida maşq bajariş borasida germaniyalik gimnastikaçilar finalga tuşmay qolişlari ehtimoli paydo böldi. Şunda Riodagi dramatik sahnalardan biri yuz berdi. Hakamlar Tobani röyxatdan öçirişgan edi. Ammo Olimpiada çempionining öğli özida kuç topdi va snaryad yoniga yaqinlaşdi. Va germaniyalik gimnastikaçilar içida eng yaxşi natijani körsatdi. Bu haqiqiy iroda edi. Germaniya yakunda finalga kirişga muvaffaq böldi.
«Men jasurlik körsatmadim. Maktab öquvçilari singari yiğlab yubordim. Ana şunda miyamga bir fikr kelib qoldi: men jamoamga yordamberişim lozim edi», – deya tan oldi Toba.








