Belarusning Gomel şahridagi sirkda moskvalik gimnastlar jamoasi iştirokçisi  akrobatik tryuk bajariş vaqtida yuqoridan tuşib ketdi. Internetda uşbu holat videosi joylaştirildi. 

Ma'lum qilinişiça, voqea 5 yanvarda Alişer Alimev boşçiligidagi gimnastlar jamoasi çiqişi vaqtida yuz bergan. Afişada “gimnastlar 9-qavatli bino balandligida ajabtovur tryuklar ijro etişlari” e'lon qilingan. 20 yoşli ayol gimnastikaçi tryuk bajarilişi vaqtida hamrohining qölidan çiqib ketib, pastdagi ehtiyot töri yonidan ötib ketib, manejga qulagan. 

Gimnastikaçi boş jarohati bilan şifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanişiça, qiz jonlantiriş bölimida oğir ahvolda qolmoqda.