Yamaykalik maşhur sprinter, 6 karra Olimpiya çempioni Useyn Bolt Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada oçiliş marosimida qatnaşmaganini dangasaligi bilan tuşuntirdi. Uning bu sözlarini The Telegraph naşri keltirdi.

"Men juda dangasa yigitman, keça heç narsa qilgim kelmadi", deb aytdi Bolt.

Naşr Boltning marosimda paydo bölmaganining asl sababi Olimpiadaning boşqa iştirokçilari tomonidan unga ortiqça e'tibor qaratilişi bölgani va yulduz şu sababli marosimda iştirok etmaganini taxmin qildi. Sprinter joriy Olimpiadaning boş yulduzlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq Bolt Rio Olimpiadasi u uçun oxirgisi bölişini aytgandi. 29 yoşli yuguruvçi 2017 yilgi jahon çempionatidan keyin faoliyatini yakunlamoqçi.

Bolt Pekin va Londondagi Olimpiadalarda umumiy hisobda uçta yönalişda: 100 va 200 metr hamda estafeta yugurişda 6 ta oltin medalni qölga kiritgan. Londondagi Olimpiadada Bolt Yamayka terma jamoasining bayroqdori bölgan.