Qozoğiston hukumat rahbari Karim Masimov, Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan uçraşuvida transçegaraviy daryolar mavzusini ham muhokama etişini ma'lum qildi.
"@MedvedevRussia bilan bölajak uçraşuvimizda (Rossiya boş vazirining Twitter tarmoğidagi rasmiy sahifasi) transçegaraviy daryolar masalasini va Ural daryosining tubini qaziş işlarini muhokama etmoqçiman", — deb yozgan Masimov Twitter sahifasida.
Avvalroq, Qozoğiston boş vaziri ma'lum qilganidek, 12-avgust kuni Soçida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari hukumat rahbarlarining uçraşuvi bölib ötadi.
Rossiya hukumati saytida aytilişiça, mazkur anjumanda ittifoqning yagona bozori, xususan dori-darmonlar bozorini şakllantiriş muhokama etiladi.







