Çeçeniston saylov komissiyasi respublika rahbarligiga yana ikkita nomzodning röyxatini oldi. Bu haqda Çeçeniston saylov qömitasi vakili xabar bermoqda.
«Komissiya qaroriga muvofiq “Adolatli Rossiya” siyosiy partiyasining respublikadagi bölimidan Denilxonov Sulton Abuyeviç va Rossiya kommunistik partiyasidan Batayev Gairsolt Karim-Sultonoviçlar röyxatga olingan», — deyiladi ma'lumotda.
5 avgust kuni Çeçeniston saylov komissiyasi Yuksaliş partiyasi vakili Idris Usmonovni röyxatga olgan edi. U respublikada tadbirkorlar huquqini himoya qiliş vazifasida faoliyat yuritadi.
Ramzon Qodirovning özi 30 iyul kuni saylov komissiyasida röyxatdan ötgan edi.







