“Yaxşilik nur keltirar, yomonlik — zulmat”, deganlaridek ayrim insonlarning qilgan yaxşiliklari bir umr yodimizdan kötarilmaydi. Tanişim Rustam aka Zuhra xola haqida yozişimni iltimos qildi va ular haqida gapirib berdi...
“Zuhra xola vafot etibdi”, degan şumxabarni eşitgan inson zoti borki, ularnikiga oşiqdi. “Essiz, şunday jannati ayol ham öladimi”, deya hatto erkaklar ham köz yoşi qilib olişdi. Söngra Zuhra xolani sönggi manzilga qöyib kelişdi, ammo bu xonadonga haligaça ayani eslab, uzoq-uzoqlardan odamlar kelib turişadi. Buni men öz közim bilan körganligim uçun aytayapman.
Zuhra xola poytaxtimizning Yunusobod tumani, Abdurahmon Jomiy mahallasida yaşardi. Ayaning olamdan ötganini eşitib, Qoraqalpoğistonning Manğit tumanidan kelişga imkonim bölmagandi. Keç bölsa-da, ularning ruhi poklariga Qur'on tilovat qilib ketay, deya bu xonadonga boş urdim. Zuhra xolaning qilgan yaxşiliklari, biz musofirlarga qilgan onalarça mehribonliklari, ğamxörliklari esimga tuşib ketdi...
Öşanda biz öntaça yigit Pölat va Farhod aka brigardirligida iş izlab, Toşkentga keldik. Bizlar uy qurilişi bilan şuğullanardik.
Kunlarning birida bizga olijanob inson uçradi. Unikida uç yil mehnat qildik. Ularning devor-darmiyon qöşnisi Zuhra xola bu yerga kelgan kunimizning ertasigayoq bir toğora oş damlab çiqib, bizlarni lol qoldirgandi.
“Ukalarim, bolalarim, sizlar ham mening farzandlarimdek insonsizlar. Yöq demasdan mana şu palovni yeb olinglar. Axir hamma joyda ham musofirning haqi böladi. Menga esa savob kerak. Uyalmanglar, yenglar. Köra bila turib, musofirlarga bir tovoq oş berolmasam, nima qilib yuribman bu dunyoda?”, dedi.
Fariştadek bölib turgan bu ayolning gaplarini eşitib, közlarimizdan yoş tirqirab ketdi. Çunki bizlarni ham inson deb qadrlaydigan odamlar, onalar borligiga iymon keltirdik. Zuhra xola toğorasini söriga qöyib ketgaç, barçamiz iştaha bilan yeng şimarib, ularni duo qilib, palovni paqqos tuşirdik.
Şundan söng ham Zuhra xola har kuni bizlarga nimalarnidir ilinib olib çiqadigan böldi. Bizlar bu ayolni xuddi onamizdek yaxşi körib qoldik.
Kuz faslida Zuhra xolaning darvozasi oldiga ekilgan yonğoği pişdi. Bizning yigitlarimiz şu yonğoqqa ahyon-ahyonda qöl çözadigan bölişdi.
Bir kuni xola bizning oldimizga ikki çelak yonğoqni “Yenglar, quvvat böladi”, deb taşlab ketdi. Yonğoq öğirlaganimizda xijolat bölib, xolaning közlariga ança vaqtgaça qaray olmadik.







