9-avgust kuni "Yuventus"futbolçisi Pol Pogbaning "Mançester Yunayted" jamoasiga transferi qayd etildi. Frantsuz yarim himoyaçisi Angliya grand jamoasi bilan şartnoma imzolab, dunyoning eng qimmat öyinçisiga aylandi. Transfermarkt.de portali ma'lumotlariga köra, Italiya klubi Yevro-2016 kaşfiyotlaridan biri bölişi taxmin qilingan, ammo böla olmagan futbolçini sotişdan 105 mln yevro işlab oldi. 

Ta'kidlaş kerakki, ba'zan klublar sovrinlar va öz oldiga qöygan maqsadlarini amalga oşiriş uçun köp millionli şartnomalarni tap tortmay amalga oşiradi. Biroq, xarid qilingan futbolçi sarf qilingan xarajatlarni "oqlamasligi" ham mumkin. 

Şunday qilib, e'tiboringizga transfermarkt.de manbasiga binoan eng qimmat futbolçilar önligini havola etamiz. 

1.  Pol Pogba (105 mln yevro, "Yuventus"dan "Mançester Yunayted"ga)

2.  Garet Beyl (100,8 mln yevro tölanib "Tottenxem"dan "Real"ga)

3.  Kriştianu Ronaldu (94 mln yevro, "Mançester Yunayted"dan "Real"ga)

4.  Gonsalo Higuain (90 mln yevro, "Napoli"dan "Yuventus" klubiga)

5.  Neymar (88,2 mln yevro, "Santos"dan "Barselona"ga)

6.  Luis Suares (81,7 mln yevroga "Liverpul"dan "Barselona"ga)

7.  Xames Rodriges (75 mln yevro, "Monako"dan "Real"ga)