Jahon neft bozori yilning ikkinçi yarmida qora oltinga bölgan talab kötarilişi va OPeK mamlakatlarining neft qazib olişni çeklaş böyiça kelişuvga erişişi umidida birmunça kötarilgaç, yana pasaya boşladi.
9-avgustdan sarmoyadorlar OPeKning sentabr oyida bölajak norasmiy muzokaralari, neft bozoridagi şundoğam yuqori taklifni kamaytira olarmikan?, degan fikrni muhokama qila boşlaşdi.
Şunga köra, Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining oktabr oyi fyuçersi 39 sent (0,86 foiz)ga arzonlaşib – bir barreli 45 dollardan sotilgan. 8-avgust kungi savdolarda uning qiymati 2,5 foizga kötarilgan edi.
Nyu-york tovar xom-aşyo birjasi (NYMEX)da WTI nefti sentabr oyi fyuçersi elektron savdolarida 37 sent (0,86 foiz)ga arzonlaşib – bir barreli 42,65 dollargaça tuşgan. Duşanba kungi savdolarda WTI nefti 2,9 foizga qimmatlaşgan edi.







