Sankt-Peterburgdagi Konstantin saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan örtasida muzokaralar boşlandi. Rossiya prezidenti Turkiya yetakçisi bilan qöl siqişib körişib, uni muzokara stoliga taklif etgan.

Qayd etiş kerakki, Putin va Erdöğanning 2015 yilning noyabrida Rossiya qiruvçi samolyotining turk harbiylari urib tuşirişi ortida Rossiya-Turkiya munosabatlari sovib ketganidan keyin ilk marta uçraşdi.

Tor doiradagi uçraşuv ötkaziladigan zalga birinçi bölib Putin kirgan, 2 daqiqa ötmasdan Erdöğan uning ortidan yönalgan.

Muzokaraning ilk daqiqalari jurnalistlar guvohligida ötgan, rahbarlar qöl siqişgan holatda suratga tuşişgan. Şundan keyin jurnalistlar xonani tark etişib, uçraşuv davom ettirilgan.

Muzokaralarda Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va uning turkiyalik hamkasbi Mavlut Çavuşöğli, şuningdek Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov hamda Erdöğan ma'muriyati boş kotibi örinbosari Ibrohim Kalin hozir bölişgan.