Janubiy Koreyaning Samsung Electronics işlab çiqaruvçisi kompaniyaga qaraşli zavodlarda işçilarning qanday kimyoviy moddalar bilan işlaşlariga töğri kelişi haqidagi ma'lumotlarni yaşirganligiga doir dalillarni inkor qilmoqda. Bu haqida VVS ma'lum qildi. 

OAVning xabar qilişiça, işçilarning oila a'zolari Samsunğning taxminan 200 nafar xodimi jiddiy kasalliklardan, jumladan saratondan aziyat çekayotganligini ta'kidlaşmoqda. Ularning fikriça, aynan zaharli moddalar bilan işlaş 76 nafar xodimning ölimiga sabab bölgan. 

Ma'lum bölişiça,  Samsung zaharli kimyoviy moddalar haqidagi ma'lumotlarni tijorat siri niqobi ostida yaşirib kelgan. 

Janubiy Koreya kompaniyasi rasmiy ma'lumotida qöyilgan bu ayblovlarni inkor qilib, ularning asossiz ekanligini aytdi. 

Mamlakat qonunçiligiga köra, kompaniyalar tijorat siri hisoblangan ma'lumotlarni oşkor qilişga majbur emaslar.