Saudiya Arabistonida neftdan olinadigan daromadning kamayib ketgani sababli barça rasmiy yiğim turlari, jumladan viza yiğimi narxi ança oşadigan böldi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Saudiya Arabistonining yarim yillik köp marotabalik vizasi narxi deyarli 6 barobarga, ya'ni 3 ming saudiya rialigaça (800 dollar) qimmatlaşadi. 2 oyga möljallangan bir marotabalik viza narxi esa 2 ming rial va har bir qöşimça oyga yana 100 rialni taşkil qiladi.
Tegişli özgarişlar 3 oktabrdan – hijriy taqvim böyiça yangi yildan kuçga kiradi. Şu bilan birga, Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatga haj va umra amallarini ado etgani birinçi marta kelayotganlarga vizani tölab berişga tayyorligini bildirgan.
Saudiya Arabistonida işlaydigan xorijliklar uçun viza ham qimmatlaşadi: mamlakatga kiriş-çiqiş uçun ikki yil möljallangan köp marotabalik viza 8 ming rial (2133 dollar) turadi. Saudiya Arabistoni Markaziy banki ma'lumotlariga köra, 2015 yil oxirida mamlakatning xususiy sektorida 8,9 mln xorijlik işlagan. Mamlakatning umumiy aholisi soni esa 31 mln kişini taşkil qiladi.
Bundan taşqari, yöl harakati qoidalarini buzganlik va şitlarda reklama joylaştirganlik uçun jarimalar ança oşadi. Şuningdek, hukumat kommunal xizmatlar narxini oşirmoqçi va davlat xizmatçilari sonini kamaytirmoqçi.
2015 yil oxiriga köra Saudiya Arabistoni byudjyeti defitsiti rekord darajadagi 98 mlrd dollarni taşkil qilgan.







