Toşkent şahrining Yunusobod tumanida, 10 avgust kuni keçqurun soat 18:30 atrofida bir yöla törtta avtomobil iştirokida yöl transport hodisasi sodir etilgan.

Sputnik xabarida keltirilişiça, Nexia, Mazda, Lacetti va Spark rusumidagi avtomobillar iştirokida avariya sodir etilgan.
Guvohlarning fikriça Mazda avtomobili rulida bölgan qiz taqiqlangan manyovrlarning birini amalga oşirişga uringan — belgilanmagan joyda avtomobilni burmoqçi bölgan va bu bilan avariyani yuzaga keltirgan.
Avtohalokat oqibatida voyaga yetmagan bola jabrlangan.
Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari röy bergan YHT borasida heç qanday izoh bermagan. Şu bois, avariya yuzaga kelişi sababi hozirça noma'lum.

"Nafaqat yigit (Lacetti haydovçisi) balki Spark maşinasida bölgan yoş bolaça ham jabrlandi. Gödak avtomobilning orqa örindiğida ötirgan edi, avariyadan keyin u butkul qonga belandi. Lacetti haydovçisi aybdor, u göyo şamolday tezlikda kelayotgan edi. Keyin bizni, ya'ni "Nexia" avtomobilimizni turtib ötdi va "Spark"ka borib urildi, keyin "Mazda…Tezlikni oşirişni bas qiling!!! Axir bundan faqatgina poygaçi-haydovçilargina emas, balki boşqa odamlar ham jabr körmoqda! Eng asosiysi — bolalar jabrlanmoqda!!! Axir u bolaça hali juda yoş edi!", — deb yozgan ijtimoiy tarmoqlarda avariyaga guvoh bölgan ayollardan biri.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Toşkent şahrida sönggi vaqtlarda YHTlar soni haddan ziyod ortib ketgani haqida ta'kidlaşgan.
"Sönggi bir neça kun içida avariyalar soni 10dan oşib ketdi", deb yozgan ulardan biri.






