"Milan" prezidenti Silvio Berluskoni jamoa muxlislariga jamoaning sotilişi munosabati bilan murojaat qildi.

Ötgan haftada klub aksiyalarining 99,93 foizlik qismi xitoylik investorlarga ötişi ma'lum bölgandi. Xitoyliklar Berluskoni tomonidan asos solingan Fininvest kompaniyasiga 740 mln yevro tölaşadi. Ular şuningdek klubning 220 mln yevro miqdoridagi qarzlarini yopib, jamoa rivojlanişi uçun 3 yil davomida 350 mln yevro investitsiya kiritişadi. Yakuniy kelişuv noyabr oyida imzolanişi kutilmoqda.

"30 yil avval men "Milan"ni mehr bilan sotib olgan edim. Endi uni öşa mehr bilan sotyapman. Men klubni unga jiddiy mablağ sarflaydigan guruhga işondim. Endi jamoa yana dunyoning eng kuçli jamoalari bilan raqobatlaşa oladigan böladi. 

Albatta, qayğudaman. Lekin meni xotirjam qiladigan jihat ham bor, bu qaror "Milan" foydasi uçun xizmat qiladi. Men jamoamizning eng sodiq muxlisi bölib qolaman.

Bu 30 yillar qalbimda qoladi. Bu xotiralarni heç narsa bilan tenglaştirib bölmaydi. Men işonamanki, tez orada "Milan"ning yangi muvaffaqiyatlarini nişonlaymiz. "Rossoneri"larning har bir muxlisini quçib qolaman", degan u.

Manba: Tribuna.uz