Astronomlar xalqaro jamoasi Neptun orbitasi ortida avval ma'lum bölmagan, Niku nomini olgan osmon jismini topdi. Bunga doir tadqiqot arXiv.org saytida çop etildi. 

Samoviy jism Neptundan 160 ming marta xiraroq bölib, bu Nikuning diametri 200 kilometrdan kam demakdir. Osmon jismiga uning orbitasi gigant-sayyoralar joylaşgan Quyoş tizimi tekisligiga 110 gradusli burçak ostida burilganligi noodatiy tus beradi. 

Şuningdek, Niku Quyoş atrofida aksariyat osmon jismlaridan farqli qarama-qarşi tomonga  aylanadi. Obekt nomi xitoyça niku (böysunmas) sözidan kelib çiqqan.

Olimlarning ta'kidlaşiça, Niku va asteroid Quyoş tizimi anomal osmon jismlari klasterining bir qismi bölişi mumkin. 

Niku obektini olimlar Pan-STARRS (Panoramic Survey Telescope and Rapid Response System) teleskoplar tizimi yordamida topişga muvaffaq bölişgan. Astronomlar osmon jismini örganişda davom etişmoqda.