11 avgustda Tailanddagi Xuaxin kurort şahrida birin-ketin ikkita bomba portlatildi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlaşlar oqibatda bir kişi halok bölgan, 12 kişi yaralangan. Ular orasida xorijiy sayyohlar ham bor. Qurbon tailandlik ayol ekani ma'lum qilingan.

Bomba gultuvaklarda yaşirilgan bölgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, bombalar masofadan turib mobil telefonlar yordamida portlatilgan.

Voqea joyidan olingan suratlarda portlaşlar savdo rastalari oldida sodir etilganini köriş mumkin.

Xuaxin Bangkokdan 200 km uzoqlikda joylaşgan va mamlakatning eng yoşi uluğ kurortlaridan hisoblanadi.

Bu portlaşlar mamlakatda kun davomida amalga oşirilgan yagona portlaşlar bölmadi. Ertalab qirollikning janubidagi Trang şahridagi bozorda ham bomba portlatilgandi. Portlaş oqibatida bir kişi halok bölgan, 7 kişi jarohat olgan. Ularning barçasi bozor xodimlari bölgan.