Xitoyda sönggi ikki oydagi ön uçinçi egizak pandalar dunyoga keldi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Siçuan viloyati Çendu şahridagi ulkan pandalarni köpaytiriş markazi xodimlarining ma'lum qilişiça, 179 grammli erkak va 89 gramm vazndagi urğoçi pandalarni Ya şin nomli panda dunyoga keltirgan. U, 2014-yilda ham egizak pandaga onalik qilgandi.
Bu esa, oxirgi ikki oyda mazkur markazda dunyoga kelgan töqqizinçi, butun mamlakat böyiça ön uçinçi egizak pandalardir.
Sinxua agentligiga köra, 2015-yil oxiriga kelib Xitoyda 1864ta panda yovvoyi tabiatda istiqomat qilib kelgan. Ötgan yili qöriqxonalarda 43ta panda tuğilgan, ularning 14tasi egazak bölgan.







